Hurmatli abonentlar!

Kompaniya taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirib kelmoqda va muntazam ravishda tizimni optimallashtirish va yangilash ishlarini olib bormoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, 2022 yil 30-yanvardan "Mening musiqam" xizmati yopildi.
Hozirgi "Mening musiqam" xizmati foydalanuvchilari avtomatik tarzda "BeeGudok" platformasiga, o'z musiqalari bilan birga ko'chiriladi va kunlik abonent to'lovi o'zgarmagan holda - 210,5 so'mni tashkil qiladi. "BeeGudok" platformasida cheksiz musiqa sotib olish imkoniyatiga egasiz va musiqalar sonidan qa'tiy nazar, ulash kunlik abonent to'loviga kiritiladi.

Qisqa raqam 0644 vaqtincha mavjud emas. Foydalanuvchilarga o'z vaqtida xizmat tiklanganligi haqida ma'lumot yetkaziladi

"Mening musiqam" xizmatini o'chirish uchun *110*310# kodni tering.

Keltirilgan noqulayliklar uchun oldindan uzr so'raymiz.